Yamanda vabo epidemiyasi qurbonlari soni 1500 kishiga yetdi. Bu haqda Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining mamlakatdagi vakili Nevio Zagaria ma’lum qildi, deya xabar beradi “Korrespondent.net”.
“30-iyun holatiga Yamanda 246 mingta vabo bilan kasallanish holati qayd etildi. Avgust oxiriga borib bu ko‘rsatkich 300 ming kishiga yetishi mumkin”, — ta’kidladi Nevio Zagaria.
BMTga ko‘ra, urush davom etayotgan mamlakat mazkur epidemiyaning oxirgi yillarda dunyoda kuzatilgan eng yirik ko‘lamli xurujiga duch keldi.
Izoh (0)