Xitoy hukumati Gonkongda “bir mamlakat — ikki tizim” tamoyili taqiq va o‘zgarishlarsiz qo‘llanishini kafolatlaydi. Bu haqda Xitoy raisi Si Szinpin Gonkongni Buyuk Britaniyadan mamlakat ixtiyoriga qaytarilganiga 20 yil to‘lgan kun ma’lum qildi, deya xabar beradi “RIA Novosti”.
“‘Bir mamlakat — ikki tizim’ tamoyilining davom ettirilishi va amalga oshirilishi Gonkong aholisi manfaatlari uchun xizmat qilmoqda. Bu tamoyil Gonkongda barqarorlik va rivojlanishni ta’minlash uchun zarur, shuningdek, davlatning fundamental manfaatlari va Xitoy xalqining intilishlariga xizmat qiladi. Shu sababli aniq-tiniq aytishim mumkin: Xitoy hukumati ‘bir mamlakat — ikki tizim’ siyosatiga qat’iy amal qiladi va u Gonkongda to‘liq qo‘llanishini kafolatlaydi”, — dedi Si Szinpin Gonkongning yangi rahbari Kerri Lamning inauguratsiya marosimida chiqishi chog‘ida.
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Gonkong ma’muriyatini ilk bor ayol kishi — 60 yoshli Kerri Lam boshqarishi haqida xabar berilgandi.
Izoh (0)