Buyuk Britaniyaning Kardiff shahri politsiyasi xonanda Jastin Biber konserti kutilayotgan “Millenium” stadioni yaqinida xanjar bilan qurollangan 19 yoshli erkakni qo‘lga oldi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.
Politsiya ma'lumotiga ko‘ra, yigit o‘zini tajovuzkor tutgani uchun hibsga olindi.
Shu bilan birga, yuz bergan hodisa Biberning konsertiga bevosita aloqador bo‘lmagani bildirilmoqda.
Voqea tufayli hech kim jabrlanmadi.
Izoh (0)