Samarqand tibbiyot instituti qoshidagi 2-son akademik litsey direktori pora bilan qo‘lga tushdi. Bu haqda, Samarqand shahar prokuraturasi taqdim etgan ma’lumotlarga asoslanib, “Kun.uz” xabar bermoqda.
Ma’lum bo‘lishicha, litsey direktori o‘zi rahbarlik qilayotgan ta’lim muassasi 1-kursida tahsil olayotgan ikki o‘quvchini Samarqand tayanch tibbiyot kollejiga ko‘chirish uchun 2000 AQSh dollari talab qilgan.
“Samarqand tibbiyot instituti qoshidagi 2-son akademik litsey direktori 1500 AQSh dollari miqdoridagi pullarni o‘z xizmat xonasida qonunga xilof ravishda olayotgan paytda qo‘lga olingan”, — deyiladi prokuratura axborotida.
Samarqand shahri prokurori Farhod Sheryigitovning ma’lum qilishicha, hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)