Toshkent shahrining Chilonzor tumani Muqimiy ko‘chasidagi ko‘p qavatli 164-uyda 1-iyul kuni tongda yong‘in yuz berdi. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Hodisa joyiga yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yetib borgan. Yong‘in oqibatida to‘rt qavatli turar joy binosi tomining 300 kvadrat metr maydonini zararlagan.
O‘t o‘chirish xizmatiga yong‘in haqidagi xabar 8:49 da kelib tushgan, oradan roppa-rosa bir soat o‘tib yong‘in butunlay bartaraf etilgan.
“Hodisa oqibatida halok bo‘lgan va tan jarohati olganlar yo‘q. Yong‘in sabablari o‘rganilmoqda”, — deyiladi IIV axborotida.
Qo‘shimcha qilishlaricha, “hodisa joyini ko‘zdan kechirish vaqtida ushbu uyning bo‘g‘otida elektr simlarini noqonuniy ravishda o‘tkazilganligi aniqlandi”.
Izoh (0)