O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi qabullar Uyida 1-iyulda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining bakalavr va magistrlariga diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda UzNews xabar berdi.
Marosimda nutq so‘zlagan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Abdulaziz Komilov bitiruvchilarni hayotning muhim bosqichi yakuni bilan tabrikladi va ularning kasbiy faoliyatida muvaffaqiyat tiladi.
Eng yaxshi bakalavr va magistrlarga imtiyozli diplomlar topshirildi.
Izoh (0)