“Yoshlarni ish bilan ta’minlash masalasi biz uchun hamon eng dolzarb vazifa bo‘lib qolmoqda”. — deya “Kamolot” YoIHning IV qurultoyi ishtirokchilari e’tiborini yoshlarni ish bilan ta’minlash muammolariga qaratdi O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga doir: Rahbarlar faoliyatiga paxta yoki g‘allaga qarab emas, yoshlarga bo‘lgan munosabatga qarab baho beriladi
Yurtimizda ishsizlarning aksariyat ko‘pchilik qismini kollej bitiruvchilari tashkil etmoqda. Masalan, 2016-yili 477 ming 743 nafar yosh yigit-qiz kollejlarni bitirib chiqqan va ularning 438 ming 503 nafari yoki 91,8 foizi ish bilan ta’minlangani to‘g‘risida ma’lumot berilgan.Davlat rahbari yoshlarni ish bilan ta’minlash uchun ular o‘rtasida tadbirkorlikni keng rivojlantirish, bu borada yangi imkoniyatlar yaratish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni ko‘zda tutilayotganini ta’kidlab o‘tdi.Savol tug‘iladi: bu raqamlar qanchalik to‘g‘ri? Agar barcha kollej bitiruvchilari ishga joylashayotgan bo‘lsa, ishsiz yoshlar qayerdan paydo bo‘lyapti?
Kollej bitiruvchilari bilan to‘rt tomonlama shartnomalarni nomigagina imzolab, o‘zimizni o‘zimiz aldamayapmizmi?
Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Prezidenti
Izoh (0)