Shimoliy Koreya Janubiy Koreyaning sobiq prezidenti Pak Kin Xe va uning prezidentlik davridagi razvedka rahbarini KXDR yetakchisi Kim Chen Inni o‘ldirishni rejalashtirgani uchun qatl qilishga chaqirdi. Bu haqda Koreya markaziy telegraf agentligi ma’lum qildi, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Janubiy koreyalik Pak Kin Xe prezidentlik muddati vaqtida razvedka xizmatlari bilan til biriktirib, “Shimoliy Koreya rahbariyatini yo‘q qilish” bo‘yicha operatsiyani tayyorlagan.Agentlik 2015-yilda MRB yordamida KXDR hududiga kelgan Janubiy Koreyaning “terrorchilik guruhi” mamlakat oliy rahbariyatiga qarshi biokimyoviy qurol qo‘llashga uringan. Janubiy koreyalik agentlar shu tariqa Kim Chen Inning o‘limini go‘yoki baxtsiz hodisadek ko‘rinishini maqsad qilgan.Koreya markaziy telegraf agentligi
Pak Kin Xe ma’muriyatining KXDR yetakchisini o‘ldirish bo‘yicha rejasini Yaponiyaning Asahi gazetasi ma’lum qilgandi.
Izoh (0)