Yashnobod tumani hududida Gulchehra Maripovaning xonadonida ta’mirlash ishlari bilan shug‘ullayotgan Saydilov Boburxon Zoir o‘g‘li 2017-yil 23-iyunga o‘tar kechasi uy egasiga tegishli bo‘lgan 1 million so‘mni o‘g‘rilagan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ma’lum qildi.
Mazkur holat yuzasidan Yashnobod tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi JKning 169-moddasi 1-qismi (o‘g‘rilik, ya’ni o‘zganing mol-mulkini yashirin ravishda talon-taroj qilish) alomatlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari davom ettirilib, mazkur shaxsning boshqa jinoyatlarga aloqadorligi tekshirilmoqda.
Izoh (0)