AQShlik saylovchilar Oq uyning Rossiya bilan aloqasini qidirishga qaratilgan tekshiruvlardan charchadi va hukumatning e’tibori boshqa muammolarga qaratilishini istamoqda. Bu haqda “Gazeta.ru” Harvard-Harris o‘tkazgan so‘rov natijalariga tayanib xabar berdi.
Uning ma’lumotlariga ko‘ra, respondentlarning 64 foizi Donald Trampning go‘yoki Rossiyaga aloqadorligi to‘g‘risidagi tadqiqotlar mamlakatga zarar yetkazyapti, degan fikrda. Shu bilan bir vaqtda so‘ralganlarning 56 foizi kongress va OAVlar diqqati boshqa muammolarga qaratilishi kerak, deb hisoblasa, 44 foizi esa “Rossiya masalasi”ni o‘rganishda davom etish kerak, deb fikr bildirdi.
Ta’kidlanishicha, amerikalik saylovchilar hukumat sog‘liqni saqlash, terrorchilik, milliy xavfsizlik, iqtisodiyot va ish o‘rinlari kabi muammolarga e’tibor qaratishini istaydi.
Izoh (0)