Turkiyaning Suriya bilan chegarasi yaqinidagi Xatay viloyatida terakt uyushtirishda gumon qilingan besh kishi qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda “Kommersant”.
AFP’ning mahalliy ma’muriyatga asoslanib xabar berishicha, qo‘lga olinganlarning uch nafari suriyaliklardir. Gumonlanuvchilarning ikki nafarida portlovchi uskuna o‘rnatilgan kamar bo‘lgan.
Mahalliy ma’muriyat qo‘lga olingan shaxslar aynan qaysi terrorchilik tashkilotiga aloqador ekaniga hozircha aniqlik kiritmadi.
Avvalroq Turkiya IShID va Kurdiston ishchi partiyasi teraktlarining oldini olish maqsadida Suriya bilan chegarada devor qurgan edi.
Izoh (0)