Londondagi Grenfell Tower ko‘p qavatli binosida ro‘y bergan kuchli yong‘in buzuq sovutkich tufayli kelib chiqqan. Bu haqda, BBC’ning politsiyadagi manbalariga tayanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Bu bilan politsiya yong‘inga qasddan o‘t qo‘yish sabab bo‘lmaganini tasdiqladi — muqaddam bunday taxminlar ham ilgari surilgan edi. Bundan tashqari, ko‘p qavatli binoning ustki qoplamasi xavfsizlik talablariga javob bermasligi aniqlandi.
Politsiya vakilining so‘zlariga qaraganda, ayni paytda bino qurilishiga jalb qilingan barcha kompaniyalar tekshirilmoqda. Surishtiruv yakunlariga ko‘ra jiddiy ayblovlar ilgari surilishi mumkin.
14-iyun kuni yuz bergan kuchli yong‘in oqibatida, oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 79 kishi halok bo‘ldi.
Izoh (0)