Donald Trampning maslahatchilari AQSh prezidentiga Rossiya mavzusini kamroq tilga olishni maslahat berdi. Bu haqda “Kommersant” ma’lum qildi.
Tramp Ayova shtatidagi yaqindagi chiqishida Moskva haqidagi gap-so‘zlardan o‘zini tiydi, ammo ertasigayoq Twitter’da “Aytgancha, agar Rossiya 2016-yilgi saylovlarga aralashgan bo‘lsa, bularning bari Obama ma’muriyati vaqtida ro‘y bergan. Nega ular buni to‘xtatib qolmadi?” degan yozuv qoldirdi.
NBC telekanaliga ko‘ra, maslahatchilar AQSh prezidentini mavqeyini mustahkamlash va saylovoldi va’dalarini bajarishda siljishga erishish uchun kam sonli muvaffaqiyatlarga diqqatini jamlashga chaqirgan.
Izoh (0)