Fransiya huquq-tartibot idoralari mamlakat janubi-g‘arbidagi Mimizan kurort-shahri plyajida salkam 1,5 tonna kokainni aniqladi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Mazkur ish yuzasidan jami 11 kishi qo‘lga olingani, ular orasida Gretsiya fuqarolari borligi bildirilmoqda.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, jinoyatchilar narkotiklarni dengizda tutib olishga uringan, biroq barcha urinishlariga qaramay, to‘lqinlar yukni qirg‘oqqa chiqarib tashladi.
Izoh (0)