Rossiya — Portugaliya terma jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvga Krishtianu Ronaldu nogiron qizaloqning qo‘llaridan tutgancha chiqib keldi. FIFA matbuot xizmatining qayd etishicha, bunday holat tashkilot tasarrufidagi musobaqalarda birinchi bor kuzatildi.
Krishtianu xayrlashar chog‘ida qizaloqni o‘pib qo‘ydi va unga egnidagi libosini sovg‘a qildi. Bu haqda gapirar ekan baxtli Polina yuzidagi quvonchini yashira olmadi.
Men hammasi shunday ajoyib bo‘lishini kutmagan edim. Krishtianu mo‘jizakor! U menga libosini sovg‘a qildi va omad tilab, o‘pib qo‘ydi. Men o‘z hissiyotlarimni tushuntirib berolmayman. Mana shunday quvonchli onlar markazida bo‘lib, Rossiyaga muxlislik qildim. Bunday holat hayotimda ilk bor kuzatildi.Polina, rossiyalik imkoniyati cheklangan qizaloq
Izoh (0)