Rossiya mezbonligida o‘tayotgan futbol bo‘yicha Konfederatsiyalar kubogida “B” guruhining ikkinchi o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda amaldagi Jahon hamda Osiyo chempionlari — Germaniya va Avstraliya milliy terma jamoalari o‘zaro kuch sinashdi.
1-bo‘limda Germaniya safida Lars Shtindl 5-daqiqada o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi, bo‘limning 41-daqiqasida Tom Rogich hisobni tenglashtirdi, oradan 3 daqiqa o‘tib, penaltidan gol urgan Yulian Draksler nemislarni tanaffusga g‘olib sifatida olib chiqib ketdi.
Ikkinchi bo‘limda tomonlar bittadan gol urdi. Germaniya safida Leon Goretska, yashil qit’a vakillaridan esa Tomi Yurich o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Shu tariqa o‘yin Germaniyaning 2:3 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Konfederatsiyalar kubogi“B” guruhi. 1-tur19-iyun, dushanba
Avstraliya — Germaniya 2:3
Gollar: Lars Shtindl, 5 (0:1). Tom Rogich, 41 (1:1). Yulian Draksler, 44 (1:2). Leon Goretska, 48 (1:3). Tomi Yurich, 56 (2:3).18-iyun, yakshanba
Izoh (0)