Pentagon Afg‘onistondagi askarlar uchun o‘rmon printi tushirilgan ola-bula formaga qariyb 94 million dollar sarfladi, deb yozadi “Gazeta.ru”. Ammo ushbu mamlakatda o‘rmon landshafti umumiy hududning atigi 2 foizinigina egallagan.
“Mudofaa vazirligining Afg‘oniston qurolli kuchlarini bunday kamuflyaj rasmi tushirilgan formalar bilan ta‘minlash qarori uning Afg‘onistondagi muhit sharoitlari uchun yaroqliligiga asoslanmagan”, — deya ma’lum qilishdi Special Inspector General for Afghanistan Reconstruction komissiyasida.
Ma’ruzada ta’kidlanishicha, afg‘onistonlik mansabdorlar amerikalik harbiylar uchun “o‘rmon kamuflyaji”ni tanlagan, chunki ularga shu ko‘proq manzur kelgan.
Izoh (0)