Fransiyada 577 saylov okrugidan 213 tasida parlamentga saylovlarning yakuniy natijalari ma’lum bo‘ldi. Bu haqda mamlakat IIV manbalariga tayanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Fransiya prezidenti Emmanuel Makronning “Olg‘a!” harakati vakillari mazkur saylov okruglaridan 100 tasida g‘alaba qozondi. Yana 11 ta okrugda ularga ittifoqdosh bo‘lgan MoDem partiyasi nomzodlarining qo‘li baland keldi.
“Respublikachilar” partiyasi 47 ta, Sotsialistik partiya 13, “Demokratlar va mustaqillar ittifoqi” esa 12 ta deputatlik mandatini qo‘lga kiritdi.
Fransiyada parlament quyi palatasiga saylovlarning ikkinchi bosqichi 18-iyun, yakshanba kuni asosan o‘z yakuniga yetdi.
Izoh (0)