AQSh Harbiy-dengiz kuchlarining Fitzgerald esminetsi 17-iyun, shanba tongida Yaponiya sohillari yaqinida konteynerlar tashiydigan Filippin savdo kemasi bilan to‘qnashib ketdi. Bu haqda Amerika Qurolli kuchlarining Tinch okeani qo‘mondonligi rasmiy vakili Devid Benxem ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.
“Fitzgerald 17-iyun tonggi 2:30 da Yokosukadan (Yaponiya) 103 kilometr janubi-g‘arbda savdo kemasi bilan to‘qashib ketdi”, — deya ta’kidladi Devid.
Esminets qo‘mondoni Brays Benson jiddiy jarohat olib, Yokosuka shifoxonasiga evakuatsiya qilingan.
“Interfaks” nashrining AQSh Harbiy-dengiz floti vakillariga tayanib bergan xabariga ko‘ra, to‘qnashuv oqibatida to‘rt nafar dengizchi jarohat olgan va yana yetti nafari bedarak yo‘qolgan.
Filippin kemasi ekipaji a’zolaridan hech kim jarohat olmagan. Hodisa oqibatida esminetsning bir nechta bo‘lmasiga suv toshgan, keyinroq bu jarayon to‘xtagan, deb yozadi Meduza.
Ma’lumot uchun, Fitzgerald esminetsining suv sig‘imi sakkiz ming tonnadan ortiq, uzunligi — 154 metr. ACX Crystal konteyner tashuvchisining suv sig‘imi 29 ming tonna, uzunligi esa 220 metrga teng.
Izoh (0)