AQShning O‘zbekistondagi elchixonasi va AQSh energetika vazirligi qoshidagi yadro xavfsizligi bo‘yicha milliy ma’muriyat vakillari Fanlar akademiyasi Yadro fizikasi institutiga radioaktiv moddalarni xavfsiz tashish uchun yangi maxsus yuk transport vositasini topshirdi. Bu haqda “Daryo”ga elchixona mutasaddilari ma’lum qildi.
Transport vositasi radioaktiv chiqindilarni ko‘mish korxonasida xavfli moddalarni yo‘q qilishda ishlatiladi va mahalliy korxona salohiyatini yanada oshiradi.
Xabarda ta’kidlanishicha, AQSh energetika vazirligi hamda elchixona eksport va chegara xavfsizligi bo‘limi O‘zbekiston Radiatsiya xavfsizligi markazi bilan hamkorlikda ish olib boradi. Mushtarak sa’y-harakatlar doirasida xavfli moddalar tahdidini bartaraf qiladi.
Izoh (0)