Xalqaro press-klubning 14-iyunda bo‘lib o‘tgan yig‘ilishida ishtirok etgan “O‘zbekneftgaz” MXK boshqaruvi raisi “Lukoyl” kompaniyasi “O‘zbekneftgaz”ning yoki boshqa xususiy yoqilg‘i quyish shoxobchalarini sotib olishdan manfaatdor emasligini aytib o‘tdi.
Eski shoxobchalarni sotib olish “Lukoyl”ning korporativ siyosatiga to‘g‘ri kelmaydi. Kompaniya yer sotib olib o‘zining yangi shoxobchalarini quradi. Kompaniya tomonidan dastlab Toshkent shahrida, keyinchalik boshqa hududlarda o‘zining shoxobchalar tarmog‘ini yaratish rejalashtirilmoqda.
“Lukoyl” shoxobchalari ochilishining kechikayotgani ba’zi tashkiliy masalalarga bog‘liq bo‘lib, bu masalalar yaqin vaqt ichida hal qilinishi kutilmoqda.
Izoh (0)