• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12603.52
    • RUB160.94
    • EUR14676.8
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +36°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    “Naqdlashtirish”ning qiyinchiliklari: Nega O‘zbekistonda pulni naqdlashtirish murakkab?

    Pulni naqdlashtirish masalasi O‘zbekistonda plastik kartaga ega fuqarolarning asosiy muammolaridan biridir. Buni qonunan amalga oshirish deyarli imkonsiz. Ko‘pincha aholi xalq orasida “pul almashtiruvchi” deyiladiganlarning xizmatiga yugurishlariga to‘g‘ri keladi. Ular esa naqdlashtirilayotgan puldan o‘z xizmatlari uchun 10 foizdan kam bo‘lmagan haq olib qolishadi. Mablag‘larni naqdlashtirish masalasi, shuningdek, tadbirkorlar oldida ham ko‘ndalang turadi, ular “naqdlashtirish”ning turli sxemalaridan foydalanishlariga to‘g‘ri keladi.

    Foto: Uz24

    Foto: Uz24

    UZ24 mamlakatda naqd pul yetishmovchiligining sabablarini aytib berishini so‘rab, mustaqil moliyachi ekspert — Aleksandr Davletovga murojaat qildi.

    Talab taklifni oshiradi

    Dunyoning nobozor va eng yopiq iqtisodiyotlarida ham bozor qonun-qoidalari baribir o‘z so‘zini aytadi. Bizning holatda naqd pulga bo‘lgan talab taklifdan ortadi, shuning uchun biz naqd pulning doimiy yetishmasligi va defitsitiga guvoh bo‘lmoqdamiz. Qachonki defitsit bo‘lsa, naqd pulning chayqov qiymati hosil bo‘ladi va bu xalqona til bilan aytganda “foiz” hosil bo‘lishiga olib keladi va iste’molchilar o‘zlariga ko‘rsatiladigan xizmat uchun haq to‘lashga majbur bo‘lishadi.

    Pul-kredit siyosati

    Nolinchi yillarning o‘rtalaridan boshlab O‘zbekistonning pul-kredit hokimiyati inflyatsiyani ushlab turish maqsadida pul massasining muomalaga chiqarilishini byurokratik usullarda qisqartirishga harakat qilib kelmoqda. Yopiq iqtisodiyot sharoitida, masalan, Shimoliy Koreyada aylanmada naqd pulning ko‘payishi chindan ham inflyatsiyani harakatga keltiruvchi omil hisoblanadi. Biroq bozor munosabatlari yoki unga bosqichma-bosqich o‘tish sharoitlarida bu inflyatsiyaga doir muammolarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘luvchi asosiy omil hisoblanmaydi. Mustaqil ekspertlar O‘zbekistonda 2000-yillardan boshlab inflyatsiyaning bosh sababi — monopoliyalar tariflarining oshishi yoki xarajatlarning ortishi kabi nomonetar omillar, degan yagona fikrdalar. Monetar omillar ham, albatta, inflyatsiyaga ta’sir ko‘rsatadi, biroq imtiyozli kreditlash va past nobozor foiz stavkalari (amalda — manfiy stavkalar) muomaladagi naqd pullardan ko‘ra kattaroq inflyatsion bosim yuzaga keltiradi. Naqd pullar hajmini sun’iy kamaytirish siyosatidan voz kechish va kelgusida uni adekvat darajagacha o‘stirish — bugungi iqtisodiy vaziyatda Markaziy bank yangi rahbariyati uchun kun tartibining o‘ta kritik masalasi hisoblanadi.

    Yashirin iqtisodiyot

    Yashirin iqtisodiyot — O‘zbekiston iqtisodiy tarixining eng ziddiyatli jihatlaridan biri hisoblanadi. U bizda hanuz chuqur tahlil qilinmagan yoki uning ustida ilmiy izlanishlar olib borilmagan. Turli baholashlarga ko‘ra, yashirin iqtisodiyotning darajasi mamlakat yalpi ichki mahsulotning 30 foizidan 50 foiziga qadar hajmga teng. Bunday iqtisodiyot har doim naqd pulga talabni yaratadi va qoidaga ko‘ra, pullar "yashirinadi" va qaytmaydi. Bundan tashqari, yashirin iqtisodiyot sharoitlarida o‘zaro hisob-kitoblar odatda "qora naqd pul" deyiluvchi usulda amalga oshiriladi. Yashirin iqtisodiyotning hajmi qanchalik katta bo‘lsa, naqd pulga bo‘lgan talab ham shunchalik yuqori bo‘ladi. Natijada, rasmiy iqtisodiyotda ham uning yetishmovchiligi boshlanadi.

    Erkin konvertatsiyaning yo‘qligi

    Konvertatsiyaga nisbatan joriy etilgan cheklovlar sabab alohida importchilar, ayniqsa, xalq iste’moli mollarini olib kiruvchilar, o‘zlarining xorijiy valyutaga bo‘lgan talabini turli yo‘llar bilan qoniqtirishga majbur bo‘lishadi. Naqd valyuta xarid qilish uchun ularga ”qora” bozorda naqd so‘m kerak bo‘ladi, shu sababli ko‘pincha keng iste’mol mollari importchilarining tovar muomalasi tabiiy shakli quyidagi shartli formula bo‘yicha yuz beradi: ”qora bozor”da naqd dollarni sotib olish — import mahsulotlarni naqd so‘mga sotish va yana naqd dollar xarid qilish. Bunday formula naqd so‘m aylanmasiga bosim o‘tkazadi uning bankdan tashqaridagi aylanmasini kengaytiradi va naqd pul taqchilligiga sabab bo‘ladi.

    Soliq solish

    Iqtisodiyotning qurilish, savdo va umumiy ovqatlanish kabi mehnat sarfi katta bo‘lgan sohalarida oylik maoshlar ko‘p hollarda “konvert”da yoki “qo‘ldan” hech qanday shartnomalarsiz to‘lanadi. Ish beruvchi xarajatlarni qisqartirish uchun hamma narsalarda iqtisod qilishni istaydi va birinchi navbatda — xodimlar to‘laydigan soliqdan. Ish beruvchi uchun “konvert”da beriladigan maoshlarning ustunligi o‘z-o‘zidan ravshan. U ijtimoiy badallar, yagona ijtimoiy to‘lov, daromad solig‘i, pensiya va boshqa ajratmalarda iqtisod qiladi. Masalan, ish beruvchi xodimiga “konvert”da 1 million so‘m to‘lasa, u turli soliqlarda 500 ming so‘m iqtisod qiladi. Shu sababli ularga mablag‘larni 8—10 foiz evaziga boshqa bir xarajatlar qismi ko‘rinishida naqdlashtirilib, 25 foiz YaIT, 23 foizgacha daromad solig‘i, 8 foiz pensiya jamg‘armasiga ajratma, 1 foiz individual to‘planib boruvchi pensiya jamg‘armasi, 1 foiz kasaba uyushmasiga badal to‘lash o‘rniga “qora” maoshni to‘lash afzalroq.

    Iqtisodiyotning dollarlashtirilganligi (milliy valyutada jamg‘arma funksiyasining yo‘qligi)

    Yuqori darajadagi inflyatsiya va cheklangan konvertatsiya tufayli ayni paytda milliy valyuta jamg‘arma funksiyasini qisman bajarmayapti. O‘zbekistonda ko‘chmas mulk yoki avto oldi-sotdi bitimlari ko‘pincha dollarda amalga oshiriladi. Turli tadbirlar, masalan, to‘y o‘tkazish uchun jamg‘armalar ham dollarda yig‘iladi. Ayrim hollarda esa dollar investitsiya kiritish variantlaridan biri bo‘lib xizmat qiladi. Jamg‘armani dollarga o‘tkazish faqat naqd so‘m ko‘rinishida amalga oshiriladi, axir plastik kartochkaga dollar xarid qilib bo‘lmaydi-da.

    Bozorga oid bo‘lmagan xizmatlar

    O‘zbekistonda kartadan naqd pul yechish unifikatsiyalangan tariflar tufayli barcha banklarda tekin xizmat sanaladi. Shu sababli birorta bank o‘z ixtiyori bilan naqd pul bermaydi. Pul borasida tekin xizmat ham bo‘ladimi axir? Xorijdagi istalgan bankda kartadan naqd pul yechish — pullik xizmat hisoblanadi va banklar foyda olish uchun uni jon deb barcha mijozlariga taqdim etadi. Inkassatsiya qiymati bizning banklarimizga kamida 3 foizga tushadi. Bularning barisida hali g‘aznachilarga, pulni o‘rash kabi kassa chiqim materiallari va qo‘riqchilarga to‘lanadigan xarajatlar hisobga olinmagan. Viloyatlarda inkassatsiya xizmati yanada qimmatroqqa tushadi (absolyut monopoliya ekanligi tufayli inkassatsiya xizmatining haddan ziyod qimmatligi — yana bitta muammo aslida). Qaysi bank shunday sharoitlarda o‘zining zarariga naqd pulni tekinga beradi? Ya’ni banklar kartadagi pulning naqdlashtirmayotganiga sabab — bu xizmatning ziyonli ekanligidadir. Banklarga kartadan naqd pul yechib olishga komissiyalarni erkin va cheklovlarsiz joriy etish imkoniyatini qaytarish zarur.

    15.06.2017, 15:20   Izoh (0)   36482
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekistonda 2017-yilda valyutaning erkin konvertatsiyasi ochilishi kutilmoqda

    15.06.2017, 14:23

    Zafarobod, Forish tumani va Jizzax shahar tibbiyot birlashmalari rahbarlari lavozimidan ozod qilindi

    15.06.2017, 14:02

    Toshkentda tug‘ilgan kunni nishonlayotgan kollej o‘quvchilari yong‘indan jabr ko‘rdi

    15.06.2017, 13:52

    “O‘zbekiston 24” rahbari shu vaqtgacha mamlakatda “kunu-tun yangilik uzatadigan bunday telekanal bo‘lmagani”ni aytdi. Yo‘g‘e? “Daryo” faktcheki

    15.06.2017, 11:41

    “‘Axborot’ — bu brend va biz uni saqlab qolamiz”. “Davr” ham “Yoshlar”da efirga chiqishda davom etadi

    15.06.2017, 11:35

    Bugun O‘zbekiston OTMlarida qabul komissiyalari ish boshladi

    15.06.2017, 11:32
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    “O‘zbekinvest” sug‘urta kompaniyasi 2025-yilning I yarim yilligi yakunlarini eʼlon qildi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 2025 yilda 138 mingdan ortiq fuqaro bandligini ta’minladi


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Visa Kapitalbank bilan Xitoyga: WeChat Pay va Alipay orqali naqd pulsiz to‘lovlar – erkin, oson va xavfsiz


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    Yandex Music’da jazirama kayfiyat uchun maxsus “Chilla” bo‘limi paydo bo‘ldi


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura dasturlariga qabul jarayonlari davom etayotganini ma’lum qiladi

     

    Tavsiya etamiz

    Nildan Frot daryosigacha: maxfiylikdan tobora reallikka aylanib borayotgan “Katta Isroil” konsepsiyasi

    22 iyul, 12:22

    KGB soxtalashtirgan jinoyat – SSSR parchalanishi arafasida o‘lim jazosi berilgan qariya kim edi?

    21 iyul, 21:06

    Titanlar to‘qnashuvi: g‘arb burguti kuchlimi yoxud sharq ajdari?

    21 iyul, 19:50

    Favvorada cho‘milayotgan, muzqaymoqqa navbatda turgan odamlar, maysada uxlayotgan it-mushuklar — Toshkentda chilla

    21 iyul, 14:05
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Abbosbek Fayzullayev “Bashakshehir” uchun tibbiy ko‘rikdan o‘ta olmadimi?

    Sport | 22 iyul, 22:04

    “Euromoney” talqinida “O‘zsanoatqurilishbank” O‘zbekistonning eng yaxshi banki deb e’tirof etildi

    Reklama | 22 iyul, 21:00

    O‘zbekistonda tug‘ilish kamayib, o‘lim holati ko‘payishda davom etmoqda

    O‘zbekiston | 22 iyul, 21:55

    Avstraliyalik mashhur aviabloger styuardessaga uylandi va to‘yini samolyot bortida o‘tkazdi

    Layfstayl | 22 iyul, 21:45

    JAR parlamentiga prezidentga ishonchsizlik votumi to‘g‘risidagi qaror loyihasi kiritildi

    Dunyo | 22 iyul, 21:35

    Mo‘g‘ulistonda 1800 yillik qabr topildi

    Dunyo | 22 iyul, 21:20

    Smartfonlar 13 yoshdan kichik qizlar ruhiyati uchun juda xavfli — tadqiqot

    Dunyo | 22 iyul, 21:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.