Vazirlar Mahkamasi qarori bilan O‘zbekistonda 2017—2019-yillarda biogaz qurilmalari ishlab chiqarish va joriy etishni rag‘batlantirish choralari tasdiqlandi. Bu Norma haqda xabar bermoqda.
Hujjatda qayd etilganidek, mamlakatda 8 ta mahalliy korxonada biogaz qurilmalari ishlab chiqarish boshlangan. 45 ta chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida umumiy yillik quvvati 1,1 million kub metr biogaz bo‘lgan qurilmalar o‘rnatilgan.
Yaqin 3 yil mobaynida biogaz qurilmalari 726 yirik chorvachilik va parrandachilik xo‘jaliklarida joriy etiladi.
Buning uchun Xitoyning Poly International Holdings kompaniyasi bilan birgalikda biogaz qurilmalari ishlab chiqarish va servis xizmati ko‘rsatish bo‘yicha qo‘shma korxona tashkil etiladi. Oldinroq “O‘zbekneftegaz” MXK va “Agrobank” mazkur kompaniya bilan umumiy miqdori 10 million dollar bo‘lgan hamkorlik to‘g‘risidagi memorandumni imzolagandi.
Izoh (0)