Ijtimoiy tarmoqlarda Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji yopilayotgani to‘g‘risida gap-so‘zlar tarqalgani bois, “Daryo” nashri Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan bog‘lanib bunga oydinlik kiritdi.
Sog‘liqni saqlash vazirligidagi manbaning ta’kidlashicha, joriy yilda Borovskiy tibbiyot kolleji talabalarni o‘quvga qabul qilmasligi mumkin, biroq hozircha buning hech qanday huquqiy asosi yo‘q. Shuningdek, ushbu tibbiyot kollejidagi manbaning xabar berishicha, talabalarni 1-bosqichga qabul qiluvchi komissiyasi 20-iyundan e’tiboran ish boshlaydi.
O‘rta maxsus kasb-hunar ta’limi markazining qabulxona raqamlari bilan bog‘lagan “Darakchi.uz” nashrining xabar berishicha, kollej boshqa qabulni amalga oshirilmasligi, faoliyati tugatilishi haqida aytilgan.
Eslatib o‘tamiz, 2017-yil 1-iyun kuni Borovskiy nomidagi tibbiyot kolleji 2-bosqich talabasi Jasurbek Ibrohimov yetkazilgan tan jarohatlari sabab vafot etgandi.
Izoh (0)