Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu BMTning Falastinlik qochoqlarga yordam berish va ishlarni tashkillashtirish Yaqin Sharq agentligini tugatishga chaqirdi, deb yozadi “TASS”.
“Ahamiyatli darajada agentlik faoliyati falastinlik qochoqlar muammolarini hal qilishga emas, ko‘rsatib berishga qaratilgan, uni mustaqil agentlik sifatida tugatib, uning funksiyalarini BMTning qochoqlar ishlari bo‘yicha oliy komissariatiga berish vaqti keldi”, — dedi Netanyaxu yahudiy davlati hukumatining haftalik yig‘ilishida.
“Ko‘pchiligi doimiy yashash joyiga ega bo‘lgan falastinlik qochoqlar uchun alohida agentlik ochilgan”, — deya davom etdi Netanyaxu. Uning so‘zlariga ko‘ra, agentlik bo‘linmalari Isroilga qarshi faol ig‘vogarlik olib bormoqda.
Izoh (0)