AQSh birinchi xonimi Melaniya Tramp 11-iyun, yakshanba kuni Twitter’ga Amerika prezidenti rasmiy qarorgohi derazasidan olingan manzara suratini e’lon qilib, Oq uyga ko‘chib o‘tganidan mamnunligini bildirdi, deb yozadi “TASS”.
“Yangi uyimizda orttiriladigan ajoyib xotiralarni intiqlik bilan kutmoqdaman”, — deb yozdi u #movingday (“ko‘chish kuni”) xeshtegi bilan.
Avvalroq Politico gazetasi o‘z manbalariga tayanib, avval Nyu-Yorkning Manxetten tumanidagi Trump Tower osmono‘par binosida yashab kelgan Melaniya va prezidentning kenja o‘g‘li Berron Vashingtonga 14-iyun kuni, o‘quv yili tugaganidan so‘ng ko‘chishini ma’lum qilgan edi.
https://twitter.com/FLOTUS/status/874061401995608065
Izoh (0)