AQSh qurolli kuchlari 11-iyun, yakshanba kuni Somali hududida “Ash-Shabob” jangarilariga qarshi zarba berdi. Bu haqda “TASS” ma’lum qildi.
Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, operatsiya Somali poytaxti Mogadishodan 298 kilometr janubi—g‘arbda bo‘lib o‘tdi.
“AQSh mazkur operatsiyani o‘zining mintaqadagi sheriklari bilan ‘Ash-Shabob’ xurujlari, jumladan, Somali kuchlariga yaqinda uyushtirilgan hujumga nisbatan javob sifatida o‘tkazdi”, — deyiladi AQSh mudofaa vazirligi bayonotida.
Vazirlik operatsiya tafsilotlariga oydinlik kiritmadi. Uning natijalari ham ma’lum qilinmadi.
Izoh (0)