Baykalortida avtobus yo‘l-transport hodisasiga uchrashi natijasida halok bo‘lgan 11 kishi orasida yosh bola ham bo‘lgan, deb yozadi “RIA Novosti” sog‘liqni saqlash vazirligining mintaqa bo‘yicha bo‘linmasiga tayanib.
Avvalroq Tergov qo‘mitasining Baykalorti o‘lkasi bo‘yicha boshqarmasi 11 qurbon orasida to‘qqiz ayol borligini ma’lum qilgandi.
“YTHda bir bola halok bo‘ldi, biri Ulan-Udega yetkazildi, yana biri travmatologiya bo‘limida o‘rtacha ahvolda yotibdi”, — dedi agentlik suhbatdoshi.
11-iyun, yakshanba kuni kechqurun “Baykal” federal avtomobil yo‘lining 702-kilometrida avtobus ag‘darilib ketdi. U Krasniy Chikoy qishlog‘idan Chitaga 51 kishini olib ketayotgan edi. So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, 11 kishi qurbon bo‘lgan, 40 ga yaqin kishi jarohatlangan, ularning 34 nafari og‘ir va o‘ta og‘ir ahvolda. Bir kishi komada yotibdi.
Izoh (0)