Gaiti janubida kuzovida odamlar bo‘lgan yuk mashinasi olomonga kelib urilishi oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Yo‘l-transport hodisasi Kavayon kommunasidagi bozor yaqinida ro‘y berdi.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, yuk mashinasi haydovchisi boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘l chetidagi olomonga kelib urilgan.
Hodisa oqibatida yana bir necha kishi jarohatlangani, ulardan ayrimlari og‘ir holatda ekanligi bildirilmoqda.
Izoh (0)