AQShning Vashington va Merilend shtatlari bosh prokurorlari prezident Donald Trampni konstitutsiyani ehtimoliy buzganlik va davlat rahbari lavozimini egallagandan so‘ng biznes yuritganlik uchun sudga berish niyatida. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
The Washington Post nashriga ko‘ra, bosh prokurorlar Trampni “xorijiy hukumatlardan millionlarni olishda” ayblamoqda.
“U korporatsiyasining moliyaviy holati haqidagi hisobotlarni muntazam tekshirib boradi. Prezident o‘zining biznes manfaatlaridan chekinish uchun zarur harakatlarni amalga oshirmagani uchun da’vo kirityapmiz”, — dedi Vashington shtati bosh prokurori Karl Rasina.
Da’vo qabul qilingan taqdirda sud muhokamalari doirasida Trampga biznesining chet eldagi ko‘lamini aniqlash uchun soliq deklaratsiyasini e’lon qilish majburiyatini yuklashlari mumkin.
Izoh (0)