AQSh kongressi Vakillar palatasi Razvedka qo‘mitasi Oq uydan prezident Donald Tramp va FQB sobiq direktori Jeyms Komi o‘rtasidagi muloqotlar yozuvini taqdim etishni so‘radi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
The Hill nashriga ko‘ra, yuristlar guruhi Oq uy maslahatchisi Don Makganga Tramp va Komi o‘rtasidagi suhbatlarning istalgan turini taqdim etish talab qilingan maktub yo‘llagan.
Avvalroq Tramp Komidan milliy xavfsizlik bo‘yicha sobiq maslahatchisi Maykl Flinnga nisbatan tekshiruvni to‘xtatish va unga sodiq bo‘lishni so‘ramaganligi, FQB sobiq direktori bilan muloqotlari haqida qasamyod ostida gapirib berishga tayyorligini bildirgan edi.
Izoh (0)