Turkiya rasmiylari Qatar terrorchilikni qo‘llab-quvvatlaganini shu paytgacha payqamagan. Bu haqda mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on ma’lum qildi, deya xabar beradi “TASS”.
“Shu paytgacha Qatar terrorchilikni qo‘llab-quvvatlaganini payqamagandim. Kechirasiz, biroq biz Qatarga har qanday yordam ko‘rsatishda davom etamiz”, — deb ta’kidladi Erdo‘g‘on.
Turkiya prezidenti, shuningdek, Qatardan qamalni olishga chaqirdi va Saudiya Arabistoni bu borada yetakchi bo‘lishi, mintaqada yaxshi munosabatlar o‘rnatilishiga harakat qilishi zarurligini bildirdi.
Izoh (0)