Britaniya politsiyasi Londonning sharqiy qismidan 3-iyun kuni Buyuk Britaniya poytaxtida sodir bo‘lgan teraktni tashkillashtirishga aloqasi borlikda gumonlab yana bir shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda Skotlend-Yard ma’lum qildi, deb xabar berdi “TASS”.
Bayonotga ko‘ra, 28 yoshli erkak Barking tumani yaqinidagi yashash joyidan, fitnachilikda, terrorchilik aktini amalga oshirish yoki unga tayyorgarlik ko‘rishda gumonlanib hibsga olingan. Ayni vaqtda u Berkshir grafligidagi qamoqda.
Avvalroq, Ilford tumani yaqinidan 27 yoshli erkak qo‘lga olingan edi. Shunday qilib hozirda olti nafar shaxs qamoqda saqlanmoqda. Tergovning oldingi bosqichlarida qo‘lga olingan 12 nafar shaxs hech qanday ayblovlarsiz qo‘yib yuborilgan.
Izoh (0)