Venesuela parlamentining muxolifatchi deputati Tomas Guanipa mamlakat prokuraturasiga prezident Nikolas Maudro, milliy saylov kengashi va oliy sud konstitutsiyaviy palatasiga qarshi da’vo kiritdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Da’voda rasmiylarning konstitutsiyaga o‘zgartirish kiritish uchun ta’sis yig‘ilishi o‘tkazish rejasi ortidan qonun buzilishi holatlari haqida gap boradi.
Tomas Guanipa mamlakat jinoiy-protsessual kodeksida Venesuela konstitutsiyasini zo‘ravonlik bilan, fuqarolardan so‘roqsiz o‘zgartirishga urinish uchun 12 yildan 24 yilgacha qamoq jazosi belgilanganini eslatib o‘tdi.
Izoh (0)