Somalida gumanitar yordam tarqatilayotgan vaqtda sodir bo‘lgan otishma oqibatida besh kishi halok bo‘ldi. Bu haqda Reuters agentligiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar berdi.
Noxush hodisa Baydoa shahrida sodir bo‘ldi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, otishmani ikki guruh harbiylar amalga oshirgan.
“Otishma oqibatida besh kishi halok bo‘ldi, ularning aksariyati ayollar”, — deyiladi xabarda.
Shuningdek, o‘ndan ortiq odam jarohat olgan.
Izoh (0)