Yaponiya “taqdirini sinamasligi kerak”. Bunday bayonot bilan 8-iyun, payshanba kuni KXDRning tinchlik himoyasi bo‘yicha qo‘mitasi vakili chiqish qildi, deb yozadi “TASS”.
U AQSh izidan borib, xalq respublikasiga nisbatan sanksiyalar va bosimni kuchaytirayotgan Sindzo Abe hukumatini tanqid qildi. “Favqulodda vaziyatda KXDR hatto AQShga zarba berishdan avvalroq, Yaponiya arxipelagini kulga aylantirishga qodir”, — deyiladi bayonotda.
Bayonotga ko‘ra, “Yaponiya o‘zining asl niyatlarini — militarizmning qayta tug‘ilishiga to‘sqinlik qilish va Osiyoga qaytadan hujumni amalga oshirishni bekitish uchun, KXDR tomonidan tahdidlarni bahona qilmoqda”.
Izoh (0)