7-iyun kuni xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi, deb xabar berdi Uz24.
Sessiyada Samarqand viloyat hokimi Himmat Oqbo‘tayev ma’ruza qildi. Viloyat hokimi o‘z ma’ruzasida tumanda amalga oshirilayotgan islohotlar natijalariga batafsil to‘xtaldi, erishilgan natijalar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarni tahlil qildi.
Sessiyada tashkiliy masala ko‘rildi. Baxtiyor Ergashev o‘z arizasiga binoan Nurobod tumani hokimi vazifasidan ozod etildi.
Viloyat hokimi tavsiyasiga ko‘ra, shu paytgacha O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta ta’lim vazirligi, o‘rta-maxsus kasb hunar ta’limi markazi huzuridagi axborot metodik xizmati axborot metodik ta’minlash bo‘limi boshlig‘i vazifasida ishlab kelayotgan Faxriddin Zoirov Nurobod tumani hokimi etib tasdiqlandi.
Izoh (0)