• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Ona tili qoidalarini buzishga kimning haqi bor?

    “Jamiyat” gazetasi andijonlik o‘qituvchi Umid Abdullayevning o‘zbek tili borasida bildirgan o‘z fikr-mulohazalarini e’lon qildi.

    Foto: “Jamiyat”

    Foto: “Jamiyat”

     

    Sana qanday yoziladi?

    Til qoidalariga amal qilishda barcha kasb va soha vakillariga o‘rnak bo‘lishi kerak bo‘lgan ommaviy axborot vositalari xodimlari — jurnalistlarimiz o‘zlari ko‘p hollarda uni buzishda namuna ko‘rsatmoqda. E’tibor qiladigan bo‘lsak, sana yozilishida haligacha rus tilining uslubidan voz kecha olmayapmiz. Rus tilida avval kun, keyin oy nomi, so‘ngra yil yoziladi. O‘zbek tilida esa avval yil, keyin kun, so‘ngra oy nomi ko‘rsatiladi. “2017-yil 21-mart” to‘g‘rimi yoki “21-mart 2017-yil”mi? Buni tekshirish juda oson. “Men 2017- yil 21-mart kuni do‘stimni bayram bilan tabrikladim”. “Men 21-mart 2017-yil kuni do‘stimni bayram bilan tabrikladim”. Qaysi gap to‘g‘ri yozilganini payqash qiyin emas. Muxbirlar ham, intervyu berayotganlar ham “21-mart 2017-yil kuni tadbir o‘tkazildi” qabilidagi gaplarini efirda tortinmasdan ishlataveradi.
    Ortiqcha “lar”dan qachon qutulamiz?
    Tilimizdagi “lar” ko‘plik qo‘shimchasini qo‘llash qoidasi ham ko‘pchilikka notanish bo‘lsa kerak. Keling, avval qoida bilan tanishib olsak.

    O‘zbek tilida, agar “ta”, “dona”, “nafar” kabi so‘zlardan avval biror son qo‘llanilsa, “lar” qo‘shimchasi yozilmaydi va talaffuz qilinmaydi. Vaholanki, gazetada ham, televideniye, radio, internet nashrlarida ham bu qoida ko‘p hollarda buzilmoqda.

    Jumladan, “O‘n ming nafardan ortiq shifokorlar”, “2 mingdan ortiq o‘qituvchilar”, “O‘nta muammolarimiz hal bo‘ldi”, “18 nafar fermerlar…”, “8 ta tumanlar”, kabi buzilishlarga ko‘pchilik e’tibor ham bermayapti. Ba’zilar buni to‘g‘ri deb o‘ylasa ham ajabmas. Xo‘sh, bu xatoliklar uchun, o‘ziga qo‘shib xalqni ham savodsizga aylantirish harakati uchun kim javob beradi?

    “Mahorat darsi”ni bilmagan muharrir
    Yaqinda efirga uzatilgan MTRK rahbarlarining talabalar bilan uchrashuvi haqidagi ko‘rsatuvda bir jurnalist “Master klasslar” o‘tkazish haqida gapirdi. Ushbu jumlaning o‘zbek tilidagi “Mahorat darslari” tarjimasidan foydalanish mumkin edi-ku?

    Televideniyeda ishlaydigan muxbirlar, intervyu olishdan avval, suhbatdoshiga tasvir ham, so‘z ham o‘ta muhim ta’sir kuchiga, tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanini tushuntirishi, intervyu beruvchining o‘zini tutishi, nutq madaniyatiga e’tibor berishi lozim. Og‘zaki nutq davomida o‘tib ketgan g‘aliz jumlalar, takrorlar esa tahrir jarayonida kesib tashlanishi kerak.

    Biroq TVdagi lavhalar, ko‘rsatuvlarni kuzatarkanmiz, oshdagi toshdek tishga botadigan to‘mtoq jumlalar, uslubiy xato birikmalar bot-bot jaranglab, muharrirlarning tilga, demakki, elga e’tiborsizligini namoyon qilaveradi. Kuzatuvlarim asosidagi jumlalar bilan o‘rtoqlashsam: “..har bir aholiga tushuntirildi. Aholilarimiz bundan to‘g‘ri xulosa chiqarmoqda”, “Har bitta xonadonga ichki ishlar xodimlari, mahalla faollari kirilmoqda”, “Ushbu tadbirni o‘tkazishdan maqsadimiz yoshlarimizga giyohvandlikning yomon illatlarini tushuntirishni maqsad qilib qo‘yganmiz”, “Huquq-tartibot idoralari tomonidan …ga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi”, “…noqonuniy yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullangan…”, “Viloyat hokimimiz tomonidan…”, “Shu vaqtgacha bo‘lgan vaqt­da…” bu kabi misollarni yana ko‘plab keltirish mumkin. Muammo vaqtida hal qilinmasa, katta-katta salbiy oqibatlarni keltirib chiqarishi turgan gap. Eng yomoni, bu xalq ma’naviyati, el-yurt taqdiri bilan bog‘liq masala.

    Yangi so‘z qanday yaraladi?
    Jurnalistlarimiz gazeta sahifalarida ham, teleko‘rsatuvlar, radioeshittirishlarda ham yangi so‘zlar, atamalarni o‘zlari xohlaganidek, to‘g‘rimi, noto‘g‘rimi ishlatmoqda. Ayniqsa, sport jurnalistlari tilida bu yaqqol ko‘rinadi. O‘tgan yilgi olimpiada o‘yinlari vaqtida sport jurnalistlarining so‘z boyligi yetishmasligi, o‘z ona tilida ravon gapirishga o‘rganmagani ro‘y-rost ayon bo‘ldi. Sport musobaqalarini sharhlagan aksariyat jurnalistlar tomoshabinni charchatib, qiynab yubordi. Turli chet tillaridagi so‘z, atama, iboralarni o‘ylamay ishlatdi va bu holat hozir ham davom etmoqda. Agar o‘sha jurnalist ko‘rsatuvdan avval oz bo‘lsa-da o‘ylab, tayyorgarlik ko‘rsa, o‘zbek tilidagi o‘rinli so‘zlar, chiroyli, mazmunli jumlalarni istagancha topadi.
    “Amriqolik qo‘shnilarim” hayrati
    Hajvchi Habib Siddiqning “Amriqolik qo‘shnilarim” nomli hikoyasida, o‘z yurtida o‘zbek tilini o‘rganib, bizning yurtimizni ko‘rish, odamlarimiz bilan suhbatlashish niyatida yurtimizga kelgan amerikaliklarning O‘zbekistondagi o‘zbeklar bilan gaplashib, ularning gapiga tushuna olmagani kulgili tarzda ko‘rsatib berilgan. Amerikaliklar yuz yil avvalgi o‘zbek tilini o‘rgangan, bu yerga kelganida esa o‘zbeklarning “magazin”, “obed”, “optom”, “protsent”, “dejurstvo”, “dejurniy”, “skoriy”, “remont”, “peshexod” kabi so‘zlarini eshitib, ular nimani anglatishini tushuna olmasdan, xunob bo‘ladi…

    Odamlar orasidagi aksariyat illatlar, yoshlar tarbiyasidagi kemtiklar, hattoki, huquqbuzarlik va jinoyatlarning sodir bo‘lishida tilimizga behurmatlikning ham kattagina ulushi bor. To‘g‘ri gapirib, to‘g‘ri yozishimizning o‘zigina yoshlarimizning fe’lida chiroyli fazilatlar ko‘payishiga, ularning tarbiyasida ijobiy natijalarga erishishimizga katta hissa qo‘shadi. Savodli, ma’nili gapimiz, yozuvimiz atrofimizdagilarga, ayniqsa, yoshlarga namuna bo‘ladi.

    Bizga beminnat xizmat qilayotgan muqaddas ona tilimiz bugungi kunda himoyaga muhtoj. Avvalambor, til sohasining yirik namoyandalari, ona tili o‘qituvchilari, barcha mutaxassislar, qolaversa, o‘zbek tilini o‘z ona tili deb bilgan barchamiz nutqimizga, yozuvimizga e’tibor qaratib, o‘z munosabatimizni ommaviy axborot vositalari orqali keng ommaga yetkazishimiz, o‘ylab-o‘ylamay, tushunib-tushunmay yo‘l qo‘yayotgan xatolarimizni tuzatish yo‘llarini qidirishimiz zarur. Bunda faqat ozgina e’tibor va tilimizga nisbatan hurmat talab etiladi. Xatolarimizni tan olishimizning o‘zi ulardan xoli bo‘lish yo‘lidagi birinchi qadamimiz bo‘ladi.

    08.06.2017, 12:49   Izoh (0)   17768
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    EVO O‘zbekiston bozorida “Yagona trafik” xizmatni ishga tushirmoqda!

    08.06.2017, 12:42

    LG ishlayotgan kir mashina yordamida yaratilgan ajoyib rolik tufayli nufuzli mukofot bilan taqdirlandi

    08.06.2017, 11:55

    Prezident Shavkat Mirziyoyev SHHT sammitida ishtirok etish uchun Qozog‘istonga jo‘nab ketdi

    08.06.2017, 11:44

    O‘zbekiston Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili boshchiligidagi delegatsiya “Kobul jarayoni” xalqaro uchrashuvida ishtirok etdi

    08.06.2017, 11:20

    Rieltorlik tashkilotlari assotsiatsiyasi ijrochi direktori: “Qora makler”lar faoliyatiga qarshi kurashuvchi maxsus komissiya tuzilishi kerak

    08.06.2017, 10:46

    Jasurbekning o‘qituvchilari: u mushtlashuv keltirib chiqara olmas edi

    08.06.2017, 09:52
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.