Nukus tumanida aholiga 223 kilometr ichimlik suv tarmog‘i yetkazib berilmagan. Bu haqda tuman hokimligida bo‘lib o‘tgan seminar davomida ma’lum qilindi, deb xabar beradi “KRuz.uz”.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan “2017—2021-yillarda Orolbo‘yi hududini rivojlantirish” davlat dasturi doirasida 38 kilometr ichki suv tarmoqlarini yangidan qurish ko‘zda tutilmoqda.
Shuningdek, 94 kilometr ichimlik suv tarmoqlarida rekonstruksiya ishlari olib boriladi.
Izoh (0)