Eron diniy yetakchisi oyatulloh Ali Xomanaiy Tehrondagi terrorchilik hujumlarini paqildoqlar portlashiga tenglashtirdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
“Eronliklar oldinga qadam tashlamoqda. Yuz bergan paqildoqlar portlashi xalq irodasiga zarracha ta’sir ko‘rsatmaydi”, — ta’kidladi Xomanaiy Tehron talabalari oldidagi chiqishi chog‘ida.
7-iyun kuni ertalabki soatlarda bir vaqtning o‘zida Eron parlamenti va oyatulloh Xumayniy maqbarasiga hujum uyushtirildi. Uch kishi maqbaraga bostirib kirdi, ulardan biri o‘zini portlatdi, bir nafari qo‘ruqchilar tomonidan o‘ldirildi, bir nafari esa qo‘lga olindi.
Ayol libosidagi yana to‘rt kishi parlamentga bostirib kirdi, ammo ular xavfsizlik kuchlari tomonidan yo‘q qilindi. Buning oqibatida 12 kishi halok bo‘ldi, 48 kishi yaralandi. Javobgarlikni o‘z zimmasiga IShID oldi.
IShID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan “terrorchilik tashkiloti” deb topilgan.
Izoh (0)