Fireball nomli yangi virus dunyo kompyuterlarida shiddat bilan tarqalmoqda, deb xabar beradi “Korrespondent.net”.
Yangi virus qurbonlarning brauzerlarini boshqarib, bosh sahifalarni va qidiruv mashinalarini soxta josus qidiruvchilarga o‘zgartirib qo‘yadi. Shundan so‘ng trafik kuzatilib, xakerlarga kompyuter egasining shaxsiy ma’lumotlari yetkazib beradi.
Kiberxavfsizlik sohasi mutaxassislarining fikricha, xitoylik dasturchilar Fireball virusini internet-reklama daromadini oshirish maqsadida ishlab chiqqan.
Oxirgi ma’lumotlarga qaraganda, Fireball hozirga qadar 250 million kompyuterni zararlagan.
Eng ko‘p zararlangan kompyuter Hindistonda joylashgan — 25,3 million. Bu mamlakatdagi barcha kompyuterlarning taxminan 10 foizidir.
Keyingi o‘rinlarda Braziliya — 24,1 million (9.6 foiz), Meksika — 16,1 million (6.4 foiz), Indoneziya — 13.1 million (5.2 foiz), AQSh — 5,5 million (2.2 foiz).
Izoh (0)