MDH mamlakatlari, shu jumladan, O‘zbekiston kuch bo‘linmalari jangarilarning chegarani yorib, Tojikistonga bostirib kirishiga qarshi birgalikdagi harakatlarni mashq qiladi, deb yozadi “TASS”. Harbiy mashg‘ulotlar MDHning “Dushanbe-Antiterror-2017” qo‘shma aksilterrorchilik mashqlari doirasida bo‘lib o‘tadi.
Uning yakuniy bosqichi Tojikiston hududida bo‘lib o‘tadi, maxsus xizmatlar Respublika telemarkazidagi garovga olingan kishilarni ozod etish va shartli terrorchilarni xavfsizlantirish bo‘yicha aksilterrorchilik operatsiyasini, shuningdek, chegarani buzib o‘tgan terrorchilik guruhlarini to‘sish va yo‘q qilish bo‘yicha qo‘shinlar operatsiyasini o‘tkazadi.
Ushbu harbiy o‘quv mashg‘ulotlari MDH davlatlarining 2017—2019-yillarda terrorizmga qarshi kurashda hamkorlik qilish dasturiga muvofiq o‘tkazilmoqda. Ularda ishtirok etish uchun Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston va O‘zbekiston delegatsiyalari ham taklif qilingan.
Izoh (0)