O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida 30-may kuni Xitoy elchisi Sun Litsze va Malayziya elchisi Dato Nor’aini binti Abd Hamid bilan uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.
Sun Litsze bilan uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyevning Xitoyga davlat tashrifi chog‘ida erishilgan oliy va boshqa darajadagi O‘zbekiston—Xitoy kelishuvlarini ro‘yobga chiqarishning amaliy jihatlari muhokama qilingan.
Malayziya elchisi bilan bo‘lib o‘tgan suhbat chog‘ida O‘zbekiston bilan Malayziya o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikning hozirgi holati hamda tomonlarni qiziqtirgan sohalarda ularni chuqurlashtirish va kengaytirishning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.
Izoh (0)