NASA kelgusi yil yozida Quyoshga rekord darajadagi masofaga yaqinlashadigan koinot tadqiqot zondini uchirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “RIA Novosti” xabar berdi.
Solar Probe Plus (SPP) missiyasi parvozi 2018-yilning 31-iyuli va 19-avgusti oralig‘ida Delta IV–Heavy raketa tashuvchisida amalga oshirilishi mo‘ljallanmoqda.
Qurilma Quyosh yuzasidan 3,9 million mil (6,2 million kilometr) masofada, Merkuriy sayyorasidan ham yaqinroq bo‘ladi. NASA iborasi bilan aytganda, Solar Probe Plus birinchi bo‘lib yulduzga “teginib ko‘radi”, chunki Quyoshga insoniyat tomonidan qachondir yuborilgan zondlardan 7 marotaba yaqinroq keladi.
SPP Quyosh tashqi atmosferasini tadqiq etishi, fizik xususiyatlari haqidagi savollarga javob beradigan o‘ta muhim kuzatuvlarni olib borishi kutilmoqda.
Izoh (0)