Gizmodo nashri Xalqaro kosmik stansiya bort muhandisi, fransiyalik Toma Peske ochiq koinotga chiqqan vaqtda olgan videoni taqdim etdi.
Amerikalik astronavt Sheyn Kimbro bilan birgalikda ular turli ishlarni bajardi, shu jumladan, “Kanadarm2” manipulyatorini yog‘ladi, radiator klapanini ko‘zdan kechirdi va XKSning yapon segmentida bir nechta kameralarni almashtirdi. Ta’mir chog‘ida Peske stansiya va Yer manzarasini kadrga muhrlashga erishdi.
Izoh (0)