Astronavt Nil Armstrong tomonidan Yerga yetkazilgan Oy tuprog‘i qoldiqlari bo‘lgan sumka Nyu-Yorkdagi Sotheby’s auksionida sotiladi. Uning boshlang‘ich qiymati 4 million dollar baholanmoqda, deya xabar beradi TJournal.
“Oyning qaytariladigan namunasi” degan yozuv tushirilgan oq sumka 1969-yili “Apollon-11” missiyasi doirasida 1969-yili Oyda bo‘lgan.
Armstrong unda Yerga Oyning “Osoyishtalik dengizi” deb nomlangan hududidan olingan tuproq va chang namunalarini to‘plagandi.
Sumka shu yil 20-iyulda, inson Oyga parvoz qilganining 48 yilligi nishonlanadigan sanada sotiladi.
Izoh (0)