Qoraqalpog‘istonning Mo‘ynoq tumanida tug‘ilib-o‘sgan taniqli olim, akademik Jumanazar Bozorboyev bolaligi o‘tgan qadrdon qishlog‘i — Tiko‘zak ovuliga 14 tikuv mashinasi va 3 million so‘m hadya etdi. Bu haqda “KRuz.uz” xabar bermoqda.
— Prezident hududlarni rivojlantirishga qaratayotgan alohida e’tibor taraqqiyotga, farovonlikni yuksaltirishga oz bo‘lsa-da, hissa qo‘shishga undaydi, – deydi J.Bozorboyev. – Davlat rahbarining bunday oliyjanob tashabbusini ko‘rib, bir chekkada qo‘l qovushtirib turishni o‘zimga ep bilmadim. Oz bo‘lsa-da, hissam qo‘shilsin, dedim. Ovulda ishsiz o‘tirgan xotin-qizlar tikuvchilik bilan shug‘ullanib, oilasi uchun daromad topar, degan maqsadda tikuv mashinalari hadya qildim.
Olimning bu saxovatidan ovuldoshlari mamnun.
— Akademik Jumanazar og‘aning ko‘magi tufayli ovulda mo‘jazgina tikuvchilik sexi tashkil etildi, — deydi “Tiko‘zak” ovul fuqarolar yig‘ini raisi Burkutboy Qaljonov. — Bu yerda o‘ndan ziyod xotin-qiz ish bilan ta’minlandi.
Izoh (0)