2017-yilning 12-may kuni Radisson Blu Hotel mehmonxonasida “O‘zbekistonning eng yaxshi ish beruvchisi” mukofotini topshirish tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Bu yilgi tadqiqotlarda O‘zbekistonning 20 (10 xalqaro va 10 mahalliy ) kompaniyalari qatnashdi.
Qatnashchilar orasida 2016-yilda ijtimoiy-mehnat va HR-sohada katta samaradorlikka erishgan kompaniyalar va biznes-tashkilotlar bor. G‘oliblar DaVinci Solutions kompaniyasi tomonidan ikkinchi yil o‘tkazilib kelayotgan tadqiqotlar yo‘li bilan aniqlangan. Tadqiqotning asosiy maqsadi – eng yaxshi ish beruvchini aniqlash va noyob, qiziq amaliyotlarga diqqatni jalb qilish.
Lokal kompaniyalar ichida “Ish faoliyatining boshlanishi” (“Старт карьеры”) nominatsiyasida g‘oliblikni Oliy o‘quv yurtlarining 4—5-bosqich bitiruvchilari ichidagi so‘rovnomaga ko‘ra, O‘zbekiston milliy banki egalladi.
Reklama huquqi asosida
Izoh (0)