G‘arbiy Avstraliya qirg‘oqlarida hind afalinalari yashaydi. Qishki vaqtda ularning aksariyati iliq suvlarga suzib ketadi. Yozda esa populyatsiyaning soni ikki barobar ko‘payadi. Ko‘plab delfinlar katalogga kiritilgan va o‘z laqabiga ega. Olimlar ularni hayoti davomida kuzatib boradi.
2015-yilda qirg‘oqda biologlarga 2007-yildan buyon ma’lum bo‘lgan 20 yoshli Jilligan laqabli delfin o‘lik holda topilgan. Sakkiz yillik kuzatishlar davomida u 20 martadan ko‘proq ko‘zga tashlangan. National Geographic delfinning o‘limi sabablarini bayon qildi.
O‘lgan delfinning og‘zidan sakkizoyoqning paypaslagichlari chiqib turgan. Olimlar delfin o‘z o‘ljasining qurboniga aylangan, deb taxmin qilgan. Avstraliyaning Merdok universiteti olimlari hodisani batafsil o‘rganib chiqdi.
Aniqlanishicha, Jilligan maori sakkizoyog‘ini tutib olgan. Bu Avstraliya va Yangi Zelandiya akvatoriyasida yashovchi eng yirik va tajovuzkor sakkizoyoq hisoblanadi. Delfinning og‘ziga tushgan ikki kilogrammli mollyuska hayot uchun kurashni davom ettirgan. Uning paypaslagichlari delfin tilining shilliq qismi, tanglayi, qizilo‘ngachi va tomog‘ining yon devorlariga jiddiy jarohat yetkazgan.
Biologlarning fikriga ko‘ra, delfin yoki kislorod yetishmasligi yoki qonga katexodaminning so‘rilishi oqibatida yuz bergan infarkt sababli o‘lgan. Katexodaminning qonga so‘rilishi stressli vaziyatlarda yuz beradi.
O‘zining ozuqabopligi sababli sakkizoyoqlar tez-tez delfinlar o‘ljasiga aylanadi. Ularni ov qilish taktikasi bor: ular molyuskalarni qattiq silkitib, paypaslagichlarini ishlatishga imkon bermaydi. Bu holatda mollyuska qarshilik qilishdan charchaydi va delfin uni yeb qo‘yadi. Jilligan esa qoidaga ko‘ra hujum qilmagan. Uning o‘limiga yana bir sabab uning ochko‘zligi bo‘lgan. Delfinning oshqozonida anchagina baliq va mollyuska topilgan, shuning uchun u yana bitta sakkizoyoqni ovlashi kerak bo‘lmagan.
Izoh (0)