AQShning Viskonsin shtati fuqarosi Melissa Smit mashina o‘g‘risiga to‘sqinlik qilish maqsadida avtomobil kapoti ustiga sakradi, deb xabar berdi “RIA Novosti”.
Yoqilg‘i quyish shoxobchasidagi kameralar suratga olgan tasvirda boshqa bir avtomobildan tushib kelgan o‘g‘ri qizning mashinasiga o‘tirib olib haydab ketishga uringan. Smit uzoq o‘ylanib o‘tirmasdan mashina kapotiga o‘zini otgan. O‘g‘ri qizni kapot ustidan tushirish uchun oyna tozalagichni yoqqan, biroq foydasi bo‘lmagach mashinadan tushib qochgan.
“Bu eng aqlli va xavfsiz chora emas, ammo men instinkt bo‘yicha ish tutdim”, — deya Smit so‘zlarini keltiradi The Independent.
Izoh (0)